Mehr-Market
Huquqiy ma'lumot

Konsignatsiya shartnomasi

Sotuvchi bilan tuziladi

Rasmiy hujjat matni

Quyidagi sahifada Mehr-Market uchun amaldagi huquqiy matn joylangan. Saytdagi checkbox va buyurtma amallari shu shartlarni qabul qilish sifatida talqin qilinadi.

1. TOMONLAR

Ushbu konsignatsiya shartnomasi quyidagi tomonlar o'rtasida tuzildi:

Platforma: Mehr-Market (mehr-market.uz), YaTT, STIR: 52211055590018, telefon: +998 90 482 18 35.

Sotuvchi: ushbu shartnomani tasdiqlagan jismoniy shaxs. F.I.Sh. va telefon ma'lumotlari topshiruv formasi orqali olinadi.

2. SHARTNOMA PREDMETI

Sotuvchi o'ziga tegishli ishlatilgan kiyimlarni Platforma orqali sotish uchun topshiradi.

Platforma Sotuvchi nomidan xaridorlarni topadi, tranzaktsiyani amalga oshiradi va belgilangan ulush evaziga xizmat ko‘rsatadi.

3. SOTISH MODELI

3.1 O'zim sotaman modeli

Bu modelda Sotuvchi quyidagi ishlarni o'zi bajaradi:

  • Kiyimni tozalash va tayyorlash
  • Sifatli rasm olish: old, orqa, detallar
  • Narxni mustaqil belgilash
  • Mahsulot ma'lumotlarini saytga kiritish
  • Sotilgandan so'ng xaridor bilan bog'lanish va yetkazib berish
  • Kiyimning gigiyenik tozaligiga javobgar bo‘lish

To'lov taqsimoti: Sotuvchi belgilagan narxga Platforma ulushi 10 000 so'm va 4% soliq qo'shiladi. Yakuniy do'kon narxi = Sotuvchi narxi + 10 000 so'm + soliq.

3.2 Mehr Xizmati modeli

Bu modelda Platforma quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

  • Kiyimni Sotuvchidan olib ketish
  • Sifat va tozaligini tekshirish
  • Professional suratga olish
  • Platforma saytiga joylashtirish
  • O'lcham, material va holat ma'lumotlarini to'ldirish
  • Xaridor bilan muloqot qilish va yetkazib berish

Narx Platforma tomonidan belgilanadi. Sotuvchi ulushi kiyimga qarab 50% dan 70% gacha tashkil etadi. Aniq foiz Platforma tomonidan kiyim qabul qilinganida kelishiladi.

4. QABUL QILISH SHARTLARI

Platforma faqat quyidagi holatlardagi kiyimlarni qabul qiladi:

  • Toza va yuvib tayyorlangan
  • Ishlatishga yaroqli holatda
  • Axloq me'yorlariga mos
Qabul qilinmaydigan mahsulotlar:
  • Mayka, ich kiyim, paypoq va oyoq kiyim
  • Juda kir yoki ishlatishga yaroqsiz kiyimlar
  • Yaxshi suratga olinmagan mahsulotlar ('O'zim sotaman' modelida)

5. MUDDATLAR VA QAYTARISH

Sotuvchi topshirgan kiyim do'konda 30 kun davomida sotuvda turadi.

30 kun ichida sotilmagan kiyim Sotuvchiga qaytariladi va qaytarish sanasi Platforma tomonidan oldindan xabar qilinadi.

Platforma kiyimni dastlabki topshirilgan holatga yaqin qaytarishga harakat qiladi, ammo saqlash jarayonidagi kichik o'zgarishlar uchun javobgar emas.

6. TO'LOV TARTIBI

Kiyim sotilgandan so'ng 3 ish kuni ichida Sotuvchining ulushi to'lanadi.

To'lov naqd pul, Payme, Click yoki bank kartasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Aniq usul Sotuvchi bilan kelishiladi.

7. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

7.1 Platforma majburiyatlari

  • Topshirilgan kiyimni ehtiyotkorlik bilan saqlash
  • Kiyim sotilgandan so'ng 3 ish kuni ichida to'lovni amalga oshirish
  • Sotilmagan kiyimni 30 kundan so'ng qaytarish
  • Sotuvchini savdo holati to'g'risida xabardor qilib turish

7.2 Sotuvchi majburiyatlari

  • Topshirilayotgan kiyim o'ziga tegishli ekanligini tasdiqlash
  • Kiyimning holati to'g'risida to'liq va to'g'ri ma'lumot berish
  • "O'zim sotaman" modelida kiyimni o'z vaqtida xaridorga yetkazib berish
  • Aloqa ma'lumotlarini yangilab turish

8. JAVOBGARLIK VA NIZOLARNI HAL QILISH

Platforma Sotuvchi taqdim etgan noto'g'ri ma'lumotlar oqibatida yuzaga kelgan muammolar uchun javobgar emas.

Sotuvchi kiyimning asl egasi ekanligini va u o'g'irlik yoki boshqa noqonuniy yo'l bilan qo'lga kiritilmaganligini kafolatlaydi.

Nizolar avvalo muzokaralar yo'li bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko'rib chiqiladi.

9. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI

Ushbu shartnoma sotuvchining saytdagi tasdiqlashi bilan kuchga kiradi.

10. TOMONLARNING REKVIZITLARI

Platforma: Mehr-Market

YaTT Maxsud Toshpulatov

STIR: 52211055590018

Telefon: +998 90 482 18 35

Email: toshpulatovm73@gmail.com

Do'konga qaytishKiyim topshirish sahifasi
Mehr-Market Platforma ko'rigi bilan
Sahifalar
  • Do'kon
  • Sotish
  • Kabinetim
  • Foydalanish shartlari
Buyurtma
  • To'landi
  • Tayyorlanmoqda
  • Yetkazildi
Aloqa
  • toshpulatovm73@gmail.com
  • +998 90 482 18 35